Skip to main navigation menu Skip to main content Skip to site footer

TAFAKKUR TURLARIDAN TA’LIMDA FOYDALANISH MASALASI

Affiliation
Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Alisher Navoiy nomidagi ToshDO‘TAU

Abstract

Maqolada ta’lim jarayonida mantiqiy fikrlashning shakllantirishning ahamiyati, yo‘llari haqida so‘z yuritiladi. Tafakkurning boshqa shakllari bilan munosabati, farqli va umumiy jihatlari haqida mulohaza yuritiladi. Ulardan nisbatan keng o‘rganilgani mustaqil fikrlash haqidagi tadqiqotlar ekanligi, ular asosida fikrlashning boshqa, xususan o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga yo‘naltirishda ham e’tiborga olish mumkin bo‘lgan nuqtalar borligi ko‘rsatiladi. Mantiqiy tafakkur va boshqa tafakkur turlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni tushunish kognitiv resurslarni samarali qo‘llash va faoliyatning turli sohalarida eng yaxshi natijalarga erishish uchun zarurdir, chunki mantiqiy tafakkur fikrlarimiz va xatti-harakatlarimizning oqilonaligi, izchilligi va asosliligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Umuman olganda tafakkurning barcha turlari tashqi dunyodan yoki ichki tajribadan olingan ma’lumotlarga tayanadi, idrok etish, diqqatni jamlash, xotirada saqlash va axborotni qayta ishlash kabi kognitiv jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Muammoni yechish, g‘oyani yaratish yoki tushunchani anglash kabi ma’lum bir maqsadga erishishga qaratilgan. Ularni mashq qilish va o‘rganish orqali rivojlantirish va takomillashtirish mumkin. Mantiqiy fikrlash haqiqatni aniqlash va xulosalarni asoslashga qaratilgan, izchillik va asoslanganlikni talab qilishdan adabiy ta’limda foydalanish masalasi ko‘rib chiqilgan.

References

  1. Tuychieva, M. (2024). Using the Works of Alisher Navoi as Teaching Material. SPAST Reports, 1(1)
  2. Tuychieva, M. U. (2023). PEDAGOGICAL, METHODOLOGICAL AND PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF ATTRACTING TEENAGERS TO FICTION. European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 3(11), 28-39
  3. Tuychieva, M. U. (2022). Taking Into Account the Specific Characteristics of the Adolescent in Literary Education
  4. Tuychiyeva, M. U. (2017). Features of research methods of presentation educational materials in the system of secondary specialized professional education. www. auris-verlag. de

Downloads

Download data is not yet available.