Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zbek tilidagi turg‘un o‘xshatishlarning semantik xususiyatlari, ularning milliy-madaniy va kognitiv asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda turg‘un o‘xshatishlarning xalq tafakkuri, dunyoqarashi va estetik qarashlarini ifodalovchi muhim til birliklari sifatidagi o‘rni yoritilgan. Ushbu birliklarning insonning tashqi ko‘rinishi, jismoniy holati, ruhiy kechinmalari va axloqiy sifatlarini obrazli ifodalashdagi imkoniyatlari misollar asosida ochib beriladi. Maqolada turg‘un o‘xshatishlarning baholovchi, emotsional-ekspressiv va pragmatik xususiyatlari, shuningdek, ularning badiiy hamda og‘zaki nutqdagi funksional-uslubiy imkoniyatlari tadqiq etilgan. Kognitiv tilshunoslik nuqtayi nazaridan turg‘un o‘xshatishlar xalqning konseptual tafakkuri va madaniy kodlarini aks ettiruvchi vosita sifatida baholanadi. Shuningdek, maqolada turg‘un o‘xshatishlarning tarixiy taraqqiyoti, grammatik shakllanishi, diskursdagi faollashuvi hamda zamonaviy nutqdagi semantik o‘zgarishlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, turg‘un o‘xshatishlar nafaqat tilning obrazlilik va ifodaviylik imkoniyatlarini kengaytiradi, balki o‘zbek xalqining milliy mentaliteti, qadriyatlari va madaniy tajribasini aks ettiruvchi muhim lingvistik birlik hisoblanadi.References
- Rahmatullayev Sh. O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati. – Toshkent: O‘qituvchi, 2006. – 384 b
- Mirzayev I. O‘zbek tilida frazeologiya masalalari. – Toshkent: Fan, 2008. – 216 b
- Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2002. – 312 b
- Vinogradov V. Русский язык. Лексикология и фразеология. – Москва: Наука, 2016. – 312 с
- Kunin A. Курс фразеологии современного английского языка. – Москва: Высшая школа, 2016. – 381 с
- Botirova, S. (2020). Forming patriotic spirit within pedagogical education cluster. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 5(10), 200-205
- Botirova, S. I. (2024). LANDSCAPE IN SHORT ART. Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, 5(06), 38-44
- Isamiddinovna, B. S. THE STREAM-OF-CONSCIOUSNESS TECHNIQUE IN NONTRADITIONAL NOVELLAS: NEW STYLISTIC EXPLORATIONS IN UZBEK LITERATURE
- Botirova, S. (2025, November). AKADEMIK LITSEYDA O'ZBEK TILI O 'QITISHNING AN'ANAVIY VA ZAMONAVIY USULLARI. In Conferences (Vol. 1, No. 01)
- Gulmuradovna, J. N. (2025). XORIJIY TILLARNI O'RGANISHDA TIL KO'NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH. Indexing, 1(1), 86-90
- Jurayeva, N. (2025). HOSIYAT BOBOMURODOVA SHE’RIYATINING POETIK XUSUSIYATLARI. Indexing, 1(1), 91-95
- Juraeva, N. G. (2021). Observation of the poetic unity of the verse in the poetry of Muhammad Riza Ogahi. International Journal of Linguistics, Literature and Culture, 7(4), 293-302
- Jurayeva, N., Küçük, S., Soyer, A., & n Kaba, H. (2025). Xorazm Shevalari O ‘g ‘uz Lahjasi Leksikasida Murakkab Tarkibli Dialektal Birliklarning O ‘rni1
- Saparniyazova, M. (2022). Fononeymlar: tilda nom yaratishning fonetik xususiyatlari. Uzbekistan language and culture, 5(1)
- Ibragimova, D., & Mirzanazarova, G. (2023). Technologies for the formation of intelligence and the manifestation of talent of primary school students. Modern Science and Research, 2(5), 1073-1076
- Dildora, I. (2023). TECHNOLOGIES FOR THE FORMATION OF INTELLIGENCE AND THE MANIFESTATION OF TALENT OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS
Yuklab olishlar
Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.