Annotatsiya
Mazkur maqolada Shukur Xolmirzayevning “Odam” hikoyasi syujet va kompozitsiya nuqtayi nazaridan tahlil qilingan. Asarda yozuvchining inson ruhiyati, hayot sinovlari va milliy xarakter tasviridagi badiiy mahorati yoritilib, Rahima obrazi misolida sabr, matonat, mehr va yashashga bo‘lgan intilish g‘oyalari ochib beriladi. Tadqiqotda hikoyaning syujet qurilishi – ekspozitsiya, tugun, voqealar rivoji, kulminatsiya va yechim bosqichlari ilmiy asosda tahlil etilib, ularning qahramon ruhiy olamini ochishdagi o‘rni ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, kompozitsiyada retrospektiv tasvir, ichki monolog, xotira lavhalari, vaqt va makon uyg‘unligining badiiy funksiyasi hamda ularning asarning g‘oyaviy yaxlitligini ta’minlashdagi ahamiyati yoritiladi. Tadqiqot natijasida Shukur Xolmirzayev syujet va kompozitsion vositalardan mohirona foydalanish orqali inson ruhiyati va davr voqeligini yuksak badiiy mahorat bilan ifodalagan iste’dodli hikoyanavis ekanligi xulosalanadi.References
- Xolmirzayev Sh. Hikoyalar. –Toshkent: Adabiyot va san’at, 1983
- Xolmirzayev Sh. Odam. Hikoyalar to‘plami. –Toshkent: Sharq, 1999
- Mamajonov A. O‘zbek hikoyachiligi taraqqiyoti. –Toshkent: Fan, 2005
- Quronov D., Mamajonov, A., Sarimsoqov, B. Adabiyotshunoslik asoslari. – Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2010
- Jo‘raev T. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. –Toshkent: Fan va texnologiya, 2014
- Rasulov R. Nasrda psixologik tasvir masalalari. –Toshkent: Yangi asr avlodi, 2008
- Karimov N. O‘zbek adabiyotida obraz va xarakter masalalari. –Toshkent: Fan, 1996
- TURAEVA, B., & KUCHIMOV, U. POETIC MODELS OF THE CONCEPT “LITERARY TIME”
- Lola, S. (2021). Role of Myth and Legends in the Prose of Erkin Samandar. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 10(4), 49-58
- Komilovna, H. T., Asrarjonovich, S. B., & Des Derivanti, A. (2025). Cross- Cultural Politeness in Indonesian and Uzbek Communication: A Linguo-Pragmatic Perspective. Script Journal: Journal of Linguistics and English Teaching, 10(2), 414-432
- Khulkar, T. (2021). Uzbek scholar Sherali Turdiev: discoverer of the closed pages. Бюллетень науки и практики, 7(5), 575-579
- Турдиева, Х. К. (2019). Акт речевого этикета в персидском и узбекском языках: выражение вежливости. Бюллетень науки и практики, 5(12), 516-522
- Syatriana, E., & Turdieva, H. (2026). Critical Digital Literacy as a Transformative Framework for Indonesian Higher Education in the Digital Age. " Alfraganus" xalqaro Ilmiy Jurnali, 3(5), 3-7
- Turdieva, H. (2025). THE SIGNIFICANCE OF TRANSLATION PROJECTS. Alfraganus, (5 (16)), 564-569
Yuklab olishlar
Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.