Annotatsiya
Mazkur maqolada Mahmudxo‘ja Behbudiy ijodida ayol obrazi va gender tenglik masalasining badiiy hamda publitsistik talqini tahlil etilgan. Jadidchilik harakatining yetakchi namoyandasi sifatida Behbudiyning ayolni jamiyat taraqqiyoti, millat ravnaqi va ma’rifatning asosiy omillaridan biri sifatida talqin etishi ilmiy jihatdan yoritiladi. Xususan, “Padarkush” dramasi hamda adibning publitsistik maqolalari misolida ayollarning ilm olishi, huquq va erkinliklari, oiladagi tarbiyaviy o‘rni hamda ijtimoiy faolligi bilan bog‘liq g‘oyalar tahlil qilinadi. Tadqiqotda ayolning ona, tarbiyachi va jamiyatning faol a’zosi sifatidagi badiiy obrazi ochib berilib, uning huquqsizligi va savodsizligi jamiyat tanazzuliga olib keluvchi omillardan biri sifatida baholanadi. Shuningdek, Behbudiyning ayol masalasiga oid qarashlari keyingi jadid adiblari ijodiga ko‘rsatgan ta’siri ham yoritiladi. Tadqiqot natijasida Behbudiy ayolni ma’rifatli va ongli shaxs sifatida tarbiyalash orqali milliy taraqqiyotga erishish mumkinligini ilgari surgan ilg‘or mutafakkir ekanligi xulosalanadi.References
- Behbudiy M. Padarkush yoxud o‘qimagan bolaning holi. – Toshkent: Akademnashr, 1918. – B.95-106
- Behbudiy M. Turk adami markaziyat (federalist) firqasining maromnomasi – Toshkent: Akademnashr, 2018. – B.156-162
- Behbudiy M. Qiz bolalarning tarbiyasi. – Toshkent: Akademnashr, 2018. – B.178
- Behbudiy M. Xotun olmoqni kerakligi – Toshkent: Akademnashr, 2018. – B.191-192
- Hakimovich, N. A. (2025, October). “PADARKUSH” DRAMASI: DASTLABKI NASHRI VA TABDILLARI TAHLILI. In Conferences (Vol. 1, No. 2, pp. 258-262)
- Sultonova, F., & Avazov, N. (2025). BEHBUDIY IJODIDА XOTIN–QIZLАR MАSАLАLАRI. TANQIDIY NAZAR, TAHLILIY TAFAKKUR VA INNOVATSION G ‘OYALAR, 1(1), 381-384
- M, Baxramova. (2026). Koreys tilida kelishiklarning ahamiyati va roli. The theory of recent scientific research in the field of pedagogy (vol. 4 No. 39), 59-62
- M, Baxramova. (2025). O'zbek va koreys tilida kelishik qo'shimchalar tarjimasidagi tafovut tasnifi. Fan va san'at. 3-son, 4-7 b
- Bekmuratova, S. Enhancing ESL learning: nurturing productive skills through an inductive approach. Xalq ta'limi, 118
- Ulug'bekovna, B. S. Pedagogika va psixologiyada innovatsion tadqiqotlar
- Shirin, B. (2025). Psycho-linguistic research on language acquisition of children in bilingual family. Alfraganus, (4 (15)), 24-26
- М. М. Ходжаханов (2023). Способы словообразования терминов- словосочетаний и сложных терминов маркетинга английского языка. "Ta'limning zamonaviy transformatsiyasi" mavzusidagi Respublika miqyosidagi onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari, 251-259
- М. М. Ходжаханов (2024). Этимологические особенности терминов маркетинга в английском языке. "Modern scientific research: achievements, innovations, and development prospects". Germany International scientific- practical conference, 203-208
- М. М. Ходжаханов (2023). Сопоставительный анализ терминов маркетинга в русском и узбекском языках. Тил ва адабиёт таълими, (11), 65- 68
- Xujaev, M. (2020). Mahmudkhuja Behbudiy as a leader of jadid reforms. The Light of Islam, 3, 39-47
Yuklab olishlar
Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.