ALISHER NAVOIYNING “LISON UT-TAYR” DOSTONIDA KO‘CHMA MA’NOGA ASOSLANGAN BADIIY TIL VOSITALARINING QO‘LLANILISHI
Annotatsiya
Mazkur maqolada Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonida qo‘llangan ma’no ko‘chish hodisalari va ularning badiiy-estetik vazifalari tahlil qilinadi. Tadqiqotda badiiy matn obrazliligini ta’minlovchi asosiy stilistik vositalardan bo‘lgan metafora, metonimiya, sinekdoxa va epitetlarning doston mazmunini ochishdagi o‘rni yoritilgan. Xususan, shoirning qushlar timsoli orqali insonning ma’naviy-axloqiy qiyofasi, ruhiy izlanishlari va tasavvufiy g‘oyalarni ifodalash mahorati tahlil etiladi. “Lison uttayr”da Semurg‘, Hudhud, tovus, kuf, shunqor, kabki kabi obrazlarning ramziy va metaforik xususiyatlari ochib berilib, ular orqali inson xarakteri va ma’naviy kamolot yo‘li badiiy talqin qilinganligi ko‘rsatiladi. Shuningdek, asarda metonimiya va sinekdoxaning qo‘llanishi, ularning obrazlilik, ixchamlik va falsafiy mazmunni kuchaytirishdagi ahamiyati misollar asosida yoritiladi. Tadqiqot natijasida Alisher Navoiy ma’no ko‘chish vositalaridan yuksak badiiy mahorat bilan foydalanib, poetik tasvirning ta’sirchanligi va estetik qiymatini oshirgani aniqlanadi. Maqola mumtoz o‘zbek adabiyotining lingvopoetik xususiyatlarini o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.References
- Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami. 12-tom. –Toshkent: Fan. 1996. - 326
- Aziz Qayumov. Asarlar. 2-tom. –Toshkent: Mumtoz so‘z. 2008
- Dilnavoz Yusupova. O‘zbek mumtoz adabiyoti tarixi. –Toshkent: Akademnashr. 2013. – 271
- Rahmatov M.M. Alisher Navoiyning gʻazallarida inversiya. // Oʻzbek ilshunosligining dolzarb masalalari mavzusidagi Respublika ilmiynazariy anjumani materiallari. –Toshkent: TDPU (№7), 2014. – B 52-55
- Rahmatov M.M. Alisher Navoiyning poetik asarlarida havola boʻlakli qoʻshma gaplar // Oʻzbek tilshunosligining dolzarb masalalari mavzusidagi respublika ilmiy-nazariy anjumani materiallari. –Toshkent: TDPU, 2012. – B. 52-55
- Mamadalieva Z. “Lison ut-tayr” dostonidagi ramziy obrazlar tizimi. Filol.fan.nomz.diss. – T., 2011
- Қиличев Э., Қиличев Б. Ўзбек тили стилистикаси. – Бухоро. 2004
- Jo‘rayeva B. Metaforalarning tilshunoslikda namoyon bo‘lishi va ilmiy ahamiyati. Til va imlo muammolari. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. –Toshkent: 2023. – B. 33-38
- Inomjonovna, I. D., & Husanova, U. (2025, May). ALISHER NAVOIY ASARLARIDA TILNING PAYDO BO ‘LISHIGA OID QARASHLAR. In Conferences (Vol. 1, No. 1, pp. 162-164)
- Fatilloev, M., & Sh, S. (2020). Linguopoetic Analysis Of The Arabic Lexical Unit" Malak" In The Epic" Hayrat Ul-Abrar" By Alisher Navai. THE AMERICAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE AND EDUCATION INNOVATIONS Учредители: The USA Journals, 2(9), 493-498
- Evlen, H., Juraev, D., Ziyamukhamedova, U., Khujaev, M., & Jalilov, F. (2025). PLA/Ti6Al4V composite scaffolds for bone tissue engineering: mechanical and thermal properties via FDM and bioprinting. Journal of Biomaterials Science, Polymer Edition, 1-25
- Abduraimova, N., Sharopova, N., Khujaev, M., Sapayev, V., Fattoyeva, O., & Yusufov, S. (2025). Economic development through analysis of the education and entrepreneurship impacts. Economic Annals-XXI/Ekonomìčnij Časopis- XXI, 214(3/4), 84
Yuklab olishlar
Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.