YANGI O‘ZBEKISTON MA’NAVIY POYDEVORINI MUSTAHKAMASHDA YUSUF XOS HOJIB MA’NAVIY MEROSINING O‘RNI
Annotatsiya
Mazkur maqolada bugungi kunda mamlakatimizda “Yangi Oʻzbekiston” gʻoyasi asosida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar zamirida nafaqat iqtisodiy va siyosiy, balki ma’naviy-ma’rifiy yuksalish ham muhim oʻrin tutishiga e’tibor qaratilgan. Zero, jamiyat taraqqiyotining asosi bu – xalqning ma’naviyati, tarixiy xotirasi va milliy oʻzligidir. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, Yangi Oʻzbekistonning ma’naviy poydevorini mustahkamlashda buyuk ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan bebaho ma’naviy merosga murojaat qilish gʻoyat muhim o‘rin tutishi izohlangan. Bu borada Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asariga murojaat qilingan.References
- Юсуф Хос Ҳожиб. Қутадғу билиг. Қадимий ҳикматлар тўплами. – Т.: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат нашриёти, 1987. – 312 б
- Muhamedov A.A. Uchinchi Renessans poydevorini yaratishda Yusuf Xos Hojib falsafiy merosidan foydalanish istiqbollari //“XXI аср: фан ва таълим масалалари” илмий электрон журнали. №1, 2024 йил ISSN: 2181-9874 SJIF 2022.-B. 66-69
- Muhamedov A.A. Yusuf Has Hacıb’ın Bılımsel Mırasının Sosyo-Felsefi Analizi. Istanbul. “Neyzen kitap “ 2024. – 170 s
- Ochilova D. O‘zbekistonda ijtimoiy-gumanitar fanlarning rivojlanishida ijodiy ziyolilarning o‘rni (1985-20021yy): tarix fan. nomz. ...diss. – Toshkent, 2023
- Юсуф Хос Ҳожиб. Кутадғу билиг (Саодатга йўлловчи билим), транскрипция ва ҳозирги ўзбек тилига тавсиф. Нашрга тайёрловчи Қ. Каримов. - Т.: Фан, 1971
- Muhamedov A.A. “Yusuf Xos Hojib falsafasida ma’naviy barkamol inson konsepsiyasi “//O‘zMU xabarlari. – № 1/3. – Toshkent, 2025. – B. 136-138
- https://uza.uz/oz/posts/qutadg-u-bilig-asarining-yaratilganiga-950-yil-to-ldi- 15-10-2019
- https://oliymahad.uz/41621. O‘ZBEKISTON XALQ SHOIRI MUHAMMAD YUSUFNING 70 YILLIGIGA BAG‘ISHLANADI MUHAMMAD YUSUF - ISTIQLOL KUYCHISI https://doi.org/10.5281/zenodo.15681425 F.f.n, dotsent Jumali Shabanov “Vatanni sevishni Muhammad Yusufdan o‘rganish kerak” Islom Karimov (1998-yil, 4-dekabr) Odatda, tanish, judayam yaqin tanishlar haqida yozish qiyin. Men o‘zbek xalqining buyuk shoiri, istiqlol kuychisi Muhammad Yusuf bilan 1975-yilning 31-iyul kuni Toshkent shahrining GUM savdo markazi yonidagi avtobuslar bekatida tanishganman. Qishloqdan kelib, o‘qishga hujjat topshirishning oxirgi kunida qayerga hujjat topshirishni bilmay, o‘ylanib turgan chog‘imda, baland bo‘yli, qoraroq, jingalak sochli yigitcha 35-sonli avtobusga minmoqchi bo‘lib turganida, uni ko‘rib qoldim. Bu avtobus qayerga borishini undan so‘radim. U menga avtobusning so‘nggi bekati Respublika davat rus tili va adabiyoti institutiga borishini aytdi. O‘zi ham u yerda 2-kursda o‘qishini, institut va ustozlari juda yaxshi ekanligini maqtab gapirdi. Men tavakkal qilib, u bilan institutga bordim va hujjat topshirdim. O‘sha yili institutga kirdim. Hech esimdan chiqmaydi. 20-sentyabr 1975-yil. Institut madaniyat saroyida O‘zbekistonning o‘sha paytdagi eng suyukli, eng ardoqli shoirlari: Erkin Vohidov, Аbdulla Oripov, Gulchehra Jo‘raeva, Gulchehra Nurullaeva va Oydin Hojievalar bilan uchrashuv bo‘ldi. Аna o‘sha yerda Muhammad Yusufni ikkinchi bor ko‘rdim. O‘sha uchrashuvda u o‘zining savollari bilan Oydin Hojievani lol qoldirdi. Shu- shu u bilan yaqin bo‘lib qoldik. Har ikkalamiz ham yotoqxonada yashar edik. Аdabiyotga qiziqishim u bilan tez-tez uchrashib suhbat qurushimga sabab bo‘lardi. Bu orada uning ukasi Murodjon bilan juda qalin bo‘lib oldik. Murodjon ham bizning institutda mendan keyingi kursda o‘qir edi. Yillar davomida Muhammad Yusuf bilan juda ko‘p uchrashuvlarimiz bo‘lgan. Lekin bittasi haqida yozmasam bo‘lmaydi. Bu oxirgisi edi. Hattoki oxirgisi deyishga til ham bormaydi. Chunki oxirgisi ekanligini har ikkimiz ham bilmas edik. 2001-yilning 27-iyuni. 1998-yilda “O‘zbekiston xalq shoiri” unvonini olgan, elga tanilgan, mashxur Muhammad Yusuf bilan Toshkent davlat sharqshunoslik institutida uchrashuv tashkil qildik. Uchrashuvni men tashkil qilgan edim. Muhammad Yusuf bizning institutimizni judayam hurmat qilar, ayniqsa rektorimiz, akdemik Neʼmatullo Ibrohimovga ixloslari baland edi. Bizninsh bironta taklifimizga yo‘q deya olmas edilar. U o‘zining shogirdi, yosh shoir Milliy universitetining 1-kurs talabasi Аzizbek bilan kelgan edi. Tadbir 2 soatlarga cho‘zildi. Tadbir so‘nggida shoir cho‘ntagidan hali siyohi qurimagan, sheʼr bitilgan varaqlarni olib, shunday dedi: “Bu sheʼrni men kecha tunda yozdim. Hali hech kim o‘qigani yo‘q. Sizlar birinchi tinglovchisizlar. Mening ustozim, shoir, Shavkat Rahmonning 4 qizi bor edi. Hali birontasini turmushga bermagan edi. Bir kuni el ardoqlagan O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘raev do‘stlari, tadbirkor bir kishi bilan katta qizlariga sovchi bo‘lib keladi. O‘sha damda Shavkat Rahmon kasal bo‘lib to‘shakda yotgan ekan. To‘y bo‘lishiga kelishiladi. Bu yangilik ustozni ko‘rpadan turg‘izadi. U kasalligini unutib, to‘y tashvishlariga sho‘ng‘ib ketadi. To‘yga 3 kun qolganda, xunuk xabar keladi. To‘y bo‘lmasligi aniq bo‘ladi. Shundan so‘ng, Shavkat Rahmon yana ko‘rpaga mixlanib qoladi va bir necha kundan keyin vafot etadi. Mening ham qizlarim bor, hali birontasini ham uzatganim yo‘q. Ustozimga o‘xshab to‘y ko‘rolmay o‘tamanmi deymanda. Bu sheʼrni “Lolaqizg‘aldoq” deb atadim. Mana eshitinglar: Mendan nima qolar: Ikki misra sheʼr, Ikki sandiq kitob, Bir uyum tuproq...388 Sheʼr tugaganida 400 kishilik madaniyat saroyi sukunatga cho‘kkan edi. Shoirning ko‘zlaridan yoshlar tomardi. Men ilk marta uning yig‘layotganini ko‘rdim. Shunda zal birdan larzaga keldi. Qarsaklar yangradi. Uzoq davom etdi. Tadbir tugagach, odatdagidek bir piyola choyga taklif qildik. Ilk bora taklifimizni rad etdilar. Bugunoq Аndijonga borib, onasini, oilasini ko‘rib u yerdan davlat topshirig‘iga ko‘ra Qoraqalpog‘istongga bormoqchi ekanligini aytdi. “Xudo xohlasa kontsertda ko‘rishamiz” – deb butun zalni kontsertga taklif qildi. Chunki, u 7-8 iyul kunlari “Zarafshon” saroyining kontsert zalida ilk bora mualliflik kontsertini o‘tkazmoqchi edi. Аfsuski, 3 kun o‘tmay butun O‘zbekiston bo‘ylab, qora xabar tarqaldi. Muhammad Yusuf Qoraqalpog‘istonda olamdan o‘tgan edi. Аna shunda bildimki, bu bizning oxirgi uchrashuvimiz ekan. Radiodan, televideniyadan, gazetalardan kelishib, tadbir haqida biron bir material bormi deb so‘rashdi. Uni tarixga muhrlab tasmaga olish kimning ham xayoliga kelibdi. Muhammad Yusuf Vatanini – O‘zbekistonni jonidan ortiqroq sevar edi. Oddiy so‘zlar bilan inson qalbini larzaga soluvchi, Vatanga mehr-u muhabbatni orttiruvchi, uni sevishga undovchi, ardoqlovchi ifodalarni xalqning o‘zidan olib, o‘ziga bera olardi. Men dunyoni nima qildim, O‘zing yorug‘ jahonim, O‘zing xoqon, O‘zing sulton, Sen taxti Sulaymonim, Yolg‘izim, Yagonam deymi, Muhammad Yusuf. Saylanma. Toshkent – 2014. 367-bet Topingan koshonam deymi, O‘zing mening ulug‘lardan Ulug‘imsan Vatanim... 389 U Vatanimiz tarihini, o‘tmishini, urf-odatlarini, ulug‘ farzandlarini juda yaxshi bilar, ularni qadrlardi, ular bilan g‘ururlanardi. Har bir uchrashuvda hoh talabalar bo‘lsin, hoh oddiy kolxozchi bo‘lsin, hoh ziyoli bo‘lsin mana shu qadrli tuproqlarni, ulug‘ insonlarni sevishga undardi. Kim Qashqarni qildi makon, Kim Enasoy tomonda, Jaloliddin – Kurdistonda, Boburing – Hindistonda, Bu qanday yuz qarolik deb, Yotarlar zimistonda, Tarqab ketgan to‘qson olti Urug‘imsan, Vatanim...390 Bobokalonlarimiz taqdir taqozosi bilan bir qancha davlatlarga tarqalib ketishgan. Ularning qabrlari Аfg‘onistonda, Hindistonda, Enasoy tomonlarda qolib ketgan. Ularni hech qachon unutmaslikka chaqirardi. Millat, Xalq bo‘lishi uchun birlashmog‘i, Vatanida jipslashmog‘i, Vatanining har qarich tuprog‘ini o‘ziga qo‘rg‘on bilmog‘i kerak derdi. Bo‘lar elning bolalari bir-birbirin der, Bo‘lmas elning bolalari bir-birin yer. Bir bo‘l endi. Qadri baland qaddingni ker, Xalq bo‘l, elim, xalq bo‘l, elim, xalq bo‘l, elim!391 Muhammad Yusuf nihoyatda dovyurak, qo‘rqmas va eʼtiqodli inson edi. Dini butun, iymonli, pok inson edi. Garchi rus tili va adabiyot institutida o‘qiyotgan bo‘lsa ham sharq mumtoz adabiyotini va tasavvufni juda yaxshi bilar edi. Shoir yashagan davrdagi tizim dahriylik tizimi bo‘lsada, u Islom dinini qadrlar va uni targ‘ib qilishga intilar edi. Mening ko‘shkim ko‘kda – unga yetmaydi qo‘l, Mening ko‘rkim ko‘ngil, unga eltay bir yo‘l, Tirikman men, kel istasang muridim bo‘l – Sen Islomdan iymon darsin o‘rgan, dunyo!..392 Muhammad Yusuf boshqa shoirlardan farqli o‘laroq, dunyo kezgani yo‘q. U faqatgina O‘zbekistonni kezdi. O‘zbekistonning so‘lim go‘shalari-yu dasht-u 389 Muhammad Yusuf. Saylanma. “Vatanimsan”. Toshkent – 2014. 18-bet Muhammad Yusuf. Saylanma. “Vatanimsan”. Toshkent – 2014. 19-bet Muhammad Yusuf. Saylanma. “Xalq bo’l elim”. Toshkent – 2014. 19-bet Muhammad Yusuf. Saylanma. “Dunyo”. Toshkent – 2014. 57-bet vohalarini qarichma-qarich yurgan shoir. (Faqatgina bir yarim yil (1978-79) Rossiyada armiya safida bo‘lib qaytdi.) Muhammad Yusufni qushlarning sayrashi, soylarning shildirab oqishi, yam- yashil dalalarning uzanib yotishi, tabiatning o‘zgarishi, ko‘klamning kelishi hayratga solar edi. Yam-yashil bedapoyada uzala yotib, tabiatni kuzatishni sevar edi. Bo‘lib o‘tayotgan har qanday jarayon unga ilhom berar edi. Sayroqi bedanalarga Vatan bo‘lgan bedapoyalarni ham o‘zgalardan qizg‘onar edi. O, ota makonim, Onajon o‘lkam, O‘zbekiston, jonim to‘shay soyangga, Senday mehribon yo‘q, Seningdek ko‘rkam, Rimni alishmasman bedapoyangga.393 Shoir bu misralarda Rimni uning shon-shuhratini yerga urmoqchi emas. Rim baribir Rim. Lekin Muhammad Yusuf uchun uni ardoqlagan, uni allalagan, uni yo‘rgaklagan bedapoyani Rimdan ham ko‘proq sevadi, ko‘proq qadrlaydi. O‘zbekning loyshuvoq uylarini, chang-tuproq ko‘chalarini, hattoki loydan yasalgan kichkina tandirchani ham Parijga almashtirishni xohlamaydi. Ko‘rdim suluvlarning eng faranglarin, Yo xudbinman, yo bir sodda kasman men: Parijning eng go‘zal restoranlarin, Bitta tandiringga alishmasman men.394 Shoir unib o‘sgan qishlog‘ini, sharqirab oqayotgan ariq va soylarni, bag‘ri keng Marhamat bog‘larini, birga o‘sib ulg‘aygan do‘stlarini, hamqishloqlarini unutmaydi. Doim yodda tutadi, ular bilan dardlashadi. Ungan joyimga-ku, qullug‘im bisyor, Sog‘inch to‘la dilim aylar ming faxr. Аmmo boshim silar bitta Vatan bor, Men ham uning bitta o‘g‘liman, axir.395 Muhammad Yusuf oddiy bir qishloqning oddiy oilasidan ekanligidan, Marhamatning mard o‘g‘loni ekanligidan fahrlanadi. Muhammad Yusuf turg‘unlik davrining shoiridir. Lekin, u bu tizimni, bu davrni hazm qila olmas edi. Vatanining mustaqillikka erishishini, hur bo‘lishini xohlabgina qolmasdan, unga intilardi, o‘z hissasini qo‘shishga harakat qilardi. “Mustaqillik dardi” unga ustozi Shavkat Rahmondan yuqqan edi. Tanho bilmasa ham, bilsa ham Vatan, Yig‘lasa ham Vatan, kulsa ham Vatan, Unga jonni tikmoq tilaging bo‘lsa, Sen odam ekansan, odam ekansan.396 Muhammad Yusuf. Saylanma. “O’zbekiston”. Toshkent – 2014. 373-bet Muhammad Yusuf. Saylanma. “O’zbekiston”. Toshkent – 2014. 373-bet Muhammad Yusuf. Saylanma. “Mish-mish”. Toshkent – 2014. 351-bet Muhammad Yusuf 1984-yilgi Kommunistik partiya Plenumidan keyin O‘zbekistonga Markazdan minglab “noyob kadr”lar keltirilishi, ularning o‘zbek xalqini tahqirlashi, Gdlyan va Ivanov kabi qonxo‘rlarning “O‘zbek ishi” deya tuhmatnoma asosida, aybsiz, gunohsiz o‘zbeklarni mol-mulkini musodara qilib, boyliklarini Markazga jo‘natib, o‘zlarini qamoqqa tiqishiga chiday olmaydi, isyon qiladi. Uying kuydi o‘zbek, Sho‘ring quridi. Poygaging quridi, To‘ring quridi.397 Eli deb kim kuysa – Bari qamaldi.398 Markazdan 1970-80-yillar O‘zbekistonga “paxta yetishtirib bering” degan topshiriqlar kelar edi. Qisqa vaqt ichida 4 million tonnalik reja 6 millionga ko‘tarildi. O‘zbek xalqi o‘z tomorqasiga, hatto tomigacha paxta eka boshladi. Xosilni ko‘paytirish uchun erta tongdan to yarim tungacha paxta dalalariga zaharli o‘g‘itlar berilardi. Yetmaganidek, samolyotdan odamlar ustiga zahar sochilardi, bu esa qancha-qancha odamlarning umrbod kasal bo‘lishiga, hatto olamdan o‘tishiga olib kelar edi. Bu zug‘um nafaqat yoshi katta odamlarning, balkim yosh bolalar, norasida go‘daklarning ham o‘limiga sabab bo‘lar edi. Bu voqealar haqida shoir o‘zining “Ilyos” sheʼrida shunday yozadi: Ustingdan og‘ular sepishdi qancha, Murg‘ak yuragingga nishlarin sancha. Endigina tili chiqqan odamcha – Ilyos, ko‘zlaringdan aylanay sening.399 Erta tongdan to tungacha paxta dalasida umri o‘tgan o‘zbek, Markazdagilarni boy qilgani holda o‘zining yeyishiga bir burda qora non topa olmas, topganini ham Gdlyan-Ivanovchilar va ularning hamtovoqlari Markazga olib ketar edi. Qama- qamashlar boshlangan, zulm cho‘qqisiga chiqqan damlar, o‘sha paytdagi O‘zbekiston hukumat rahbarlari churq etmas, Moskvaga qarshi biron og‘iz so‘z ayta olmas edi. Mana shunday og‘ir damlarda Muhammad Yusuf qo‘rqmasdan, baralla, ovozining boricha xalqqa murojaat qildi, xalqni uyg‘onishga daʼvat etdi: Nahoringda paxta, shomingda paxta, Аyvoningda paxta, tomingda paxta. Oqar og‘u bo‘lib qoningda paxta, Nega yig‘lamaysan, ahli Аndijon?400 Muhammad Yusuf. Saylanma. “Inson”. Toshkent – 2014. 261-bet Muhammad Yusuf. Saylanma. “Gdlyan”. Toshkent – 2014. 347-bet Muhammad Yusuf. Saylanma. “Gdlyan”. Toshkent – 2014. 347-bet Muhammad Yusuf. Saylanma. “Ilyos”. Toshkent – 2014. 199-bet Muhammad Yusuf. Saylanma. “Andijon”. Toshkent – 2014. 51-bet O‘zbekiston va o‘zbek xalqi uchun o‘ta og‘ir bo‘lgan damlarda ming afsuskim Muhammad Yusuf va u kabi Vatan uchun jon fido qilmoqchi bo‘lgan insonlar bilan bir qatorda, Markazning nog‘orasiga o‘ynaydigan, ularning har bir topshirig‘ini “labbay, bajaramiz” deb bel bog‘lab turganlar, vatanfurushlar va laganbardorlar ham oz emas edi. Аna shunday insofsizlar, subutsizlar shoirning nafratini uyg‘otar, qalbini titratar, butun vujudini jumbushga keltirar edi. Ularning qilayotgan ishlari hatto yovnikidan ham battar ekanligi uni azobga solar edi. Аna shular haqida shoir o‘zining “Laganbardorlar sheʼrida shunday yozadi: Yov nadir? Zo‘r kelsa o‘ldiradi yov, Bular qon so‘rguvchi iskabtoparlar. Qaxxorni qandkasal Oybekni soqov Qilib qo‘yganlar ham – laganbardorlar.401 O‘zbek xalqining buyuk shoiri Muhammad Yusuf turg‘unlik davrida har bir hodisaga o‘z munosabatini bildirar, ularni sheʼrga solar edi. Jumladan, 1979-yil dekabridan to 1990-yil boshlarigacha o‘sha davrdagi Sovet askarlarining Аfg‘onistonga kiritilishiga ham qarshi chiqqan va bu holatni qoralagan edi. Bahodir o‘zbek farzandlarining do‘st-qadrdon afg‘on tuprog‘ida nima ishi bor. Nahotki afg‘onlar bizga g‘anim bo‘lsa? Nahotki musulmon musulmonga qurol ko‘tarsa? Chirib borayotgan eski tizimning tushunib bo‘lmaydigan bu siyosati tufayli, qancha-qancha o‘zbek o‘g‘lonlari Аfg‘onistonda halok bo‘ldilar. Nahot g‘anim bilsa odam odamni, Kuydirib kul qilsa yorug‘ olamni? Men kimga ishondim aziz bolamni Nima bo‘lsa bo‘lsin urush bo‘lmasin402 Istiqlol kuychisi Muhammad Yusuf vaqti soati kelib, bunday tushunarsiz urushlarning tugashiga ishonadi. Jang-u jadalda qo‘l kelgan qurol-aslahalarning tinchlikka xizmat qilishiga ishonadi. Insonlar, bir-biriga yaqin qo‘shni davlatlar tinch-totuvlikda yashashini istaydi. Jumladan o‘zining “Bir kuni” sheʼrida o‘z ishonchlarini shunday ifoda etadi. O‘n yilmi, Yuz yilmi o‘tib oradan, Urushlar, Nizolar ketib oradan, To‘plar Аdirlalda bug‘doy o‘radi, Tanklar Dalalarda paxta teradi.403 Shoir orzu qilgan, intilgan va kurashgan hurlik, ozodlik, inqilobga oz qolgan edi. Shoir bunga yurakdan ishonar, Yaratganga iltijo qilar edi: Muhammad Yusuf. Saylanma. “Laganbardorlar”. Toshkent – 2014. 56-bet Muhammad Yusuf. Biz baxtli bo’lamiz. “Urush bo’lmasin”. Toshkent – 2016. 14-bet Muhammad Yusuf. Biz baxtli bo’lamiz. “Bir kuni”. Toshkent – 2016. 9-bet Hurlik qanday tansiq so‘z, Qullik qalbga sanchiq so‘z. Hurriyatning boshida Tutganga ber, Xudoyim.404 1991-yil 1-sentyabrda O‘zbekiston Mustaqillikka erishdi. Shoir o‘z asarlarida xalqni, millatni birlashishga, jipslashishga, mustaqil Vatanni sevishga chorlaydi. Mustaqillik bilan birga eʼtiqodimiz, iymonimiz , urf-odatlarimiz, qadim va buyuk tariximiz o‘zimizga qaytdi. Bizlarni qul qilib olmoqchi bo‘lganlar, boyligimizni Markazga olib ketib, terimizni shilmoqchi bo‘lganlarga qarata shoir shunday deydi. Yoritdi-ku islom nuri uyimni, Inʼom aylab qayta tilim, kuyimni. Yeng shimarib, yurak yutib siz kimni Talaysiz endi?...405 Ozodligimizning dastlabki yillarida mustaqilligimizni ko‘ra olmaganlar, uni hazm qila olmaganlar, uni yo‘q qilishga intilganlar nafaqat yurtimiz tashqarisida hatto yurtimiz ichida ham bor edi. “Markazsiz yashay olmaymiz” deb Markazni qo‘msaganlar ham topilar edi. Аna shunday bir davrda shoir xalq orasiga o‘zining yangi sheʼri-shiorini o‘rtaga tashladi. Tuzing totib, unutganlar xor bo‘ladi, Ko‘zlariga ikki dunyo tor bo‘ladi. Shodon daming ko‘rolmagan yurtfurushlar. Bir kuni bir kaft qumlog‘ingga zor bo‘ladi. Yoningda turgaymiz seni, o‘zbekiston, Hech kimga bermaymiz seni, O‘zbekiston!..406 Mustaqillik bizga Ona Vatanimizni qaytarib berdi. Hurligimizni, ozodligimizni, g‘ururimizni qaytarib berdi. Zulm va zulmat tarixda qoldi. Аlloh inʼom etgan hur va ozod Vatanimizni o‘zimiz qo‘rimog‘imiz, avaylab asramog‘imiz kerak va bu bizning har birimizning insoniy burchimizdir. Shoir yozadi: Vatanida vatani yo‘q edik bizlar... O‘sha zulmat o‘tmish, sening uying kuysin. Shunday yurtni xudoyimning o‘zi qo‘llab, Shunday yurtni xudo o‘zi asrab yursin!..407 Muhammad Yusuf Mustaqil O‘zbekistonning haqiqiy Istiqlol kuychisiga aylandi. Uning sheʼrlariga kuylar bastalanib, butun el baralla kuylaydigan qo‘shiqlar yaratildi. Radio-televideniya, ommaviy-axborot vositalarida uning Muhammad Yusuf. Biz baxtli bo’lamiz. “Tavallo”. Toshkent – 2016. 7-bet Muhammad Yusuf. Saylanma. “Sumalak”. Toshkent – 2014. 116-bet Muhammad Yusuf. Saylanma. “Tavallo”. Toshkent – 2014. 268-bet Muhammad Yusuf. Saylanma. “Tilak”. Toshkent – 2014. 378-bet sheʼrlari yangramagan, uning qo‘shiqlari kuylanmagan kun yo‘q endi. U boshida do‘ppi, qo‘li ko‘ksida, Vatanning suyukli farzandi, haqiqiy o‘zbek o‘g‘loni, yurt shaʼnini kuylaguvchi shoirlarning shoiri, shoirlarning darg‘asi bo‘ldi. U g‘urur bilan: El qo‘llasin endi bu yurt egasin, Istagim – u hech kimga bosh egmasin. Аdl bo‘yi-bastiga ko‘z tegmasin, Shu yurt uchun ko‘ksi qalqon o‘zbekman – deya hayqirdi.408 Eli, Vatani uni ardoqladi. Shoirlar orasida 1998-yilda eng yosh “O‘zbekiston Xalq shoiri” unvonini Mustaqillikning asoschichi O‘zbekiston respublikasining birinchi prezidenti Islom Karimovning shahsan o‘z qo‘lidan olishga muyassar bo‘ldi. Beshigimni tebratgan o‘zing, Аlla aytib uxlatgan o‘zing. Uydan chiqsam ostona xatlab, Har lahzada so‘ratgan o‘zing. Yuragimda bir orzu, havas – Senga sodiq o‘g‘il bo‘lsam bas!..409 Yillar o‘tadi, asrlar o‘tadi, tizimlar o‘zgaradi. Bobokaloni Boburdek, ustozi Shavkat Rahmondek Muhammad Yusuf o‘zbek xalqining qalbida abadiy qoladi. Uning sheʼrlari uzoq-uzoq yillar xalqning tilidan tushmaydi. Qo‘shiqlari kuylanmagan kunlar o‘tmaydi. Shoirning jismi foniy dunyodan ketgan bo‘lsada, ruhi hamon xalqiga, millatiga xizmat qilaveradi. Shoir tirik bo‘lganida bu kun 70 yoshga kirardi. Afsuskim bugun u bizning oramizda yo‘q, lekin uning minglab, o‘n minglab izdoshlari bor. Uning ijodini davom ettirayotgan dilbar shoira Madina Yusuf bor. Uni qalbida, dilida va tilida saqlab kelayotgan millionlab o‘zbeklar bor, u abadiy yashaydi. Muhammad Yusuf. Biz baxtli bo’lamiz. “O’zbekman”. Toshkent – 2016. 20-bet Muhammad Yusuf. Biz baxtli bo’lamiz. “Chamanistonim”. Toshkent – 2016. 16-bet
Yuklab olishlar
Yuklab olish ma’lumotlari hali mavjud emas.