Abstract
Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek nasrining yetakchi namunalari hisoblangan Luqmon Bo‘rixonning “Jaziramadagi odamla”r, Ulug‘bek Hamdamning “Ota”, Iqbol Mirzoning “Bonu” hamda Abdulqayum Yo‘ldoshevning “Puankare” asarlarida inson ruhiyati, individual ong va shaxs erkinligi masalalarining badiiy talqini tadqiq etiladi. Tadqiqotda psixologizm poetikasi, antropotsentrik yondashuv hamda narratologik metodlardan foydalanildi. Asarlarda jamiyat va shaxs munosabatlari, ruhiy konflikt, ichki monolog, ramziy tafakkur hamda zamonaviy inson konsepsiyasining badiiy ifodalanish xususiyatlari qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari zamonaviy o‘zbek nasri tashqi voqelik tasviridan insonning ichki dunyosini badiiy tadqiq etishga yo‘nalganligini ko‘rsatadi. Shuningdek, maqolada mazkur asarlar misolida zamonaviy nasrda psixologizm poetikasining yangi bosqichga ko‘tarilgani ilmiy jihatdan asoslanadi.References
- Karimov, N. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1999
- Qo‘chqorov, R. Badiiy ijod va mahorat. – Toshkent: Akademnashr, 2015
- Hamdam, U. Yangi o‘zbek adabiyoti. – Toshkent: Akademnashr, 2012
- Yo‘ldoshev, Q. Badiiy tahlil asoslari. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2016
- Solijonov, Y. Hozirgi adabiy jarayon. – Toshkent: Tafakkur, 2018
- Bo‘rixon, L. Jaziramadagi odamlar. – Toshkent: Sharq, 2019
- Hamdam, U. Ota. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2020
- Mirzo, I. Bonu. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2022
- Yo‘ldoshev, A. Puankare. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2023
- Rasulov, A. Badiiylik – bezavol yangilik. – Toshkent: Sharq, 2007
- Xalliyev, A. Hozirgi o‘zbek nasri poetikasi. – Toshkent: Akademnashr, 2021
- Turdiyeva, Y. The Phenomenon OF Artistic Style in Uzbek Literature. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 6(12), 22-23. ISSN: 2660-5589. 2025 йил. 21 октябр No.12 https://www.scholarzest.com
- IBRAGIMOVA, D. (2024). JAHON ADABIYOTIDA TARIXIY NASR JANRINING PAYDO BO ‘LISHI VA TAKOMILI. «ACTA NUUz», 1(1.5. 2), 277- 279
- Cho‘yanovna, J. S. (2025, October). “YАRADOR UMID OTLARI” DOSTONIDA IJTIMOIY MOTIVLAR TALQINI. In Conferences (Vol. 1, No. 2, pp. 286-290)
Downloads
Download data is not yet available.