Аннотация
Oʻgʻuz tillari – turkiy tillar oilasining oʻgʻuz guruhiga mansub bir qancha oʻlik hamda hozirgi isteʼmolda boʻlgan jonli tillar. Umuman, Oʻgʻuz tillari 3 ta alohida guruhchalarga boʻlinadi: 1) oʻgʻuz-turkman guruhchasiga X-XI asrlarda mavjud boʻlgan oʻlik oʻgʻuz tili hamda hozirgi turkman tili va truxmen tili (Stavropol turkmanlarining tili) kiradi; 2) oʻgʻuz-bulgʻor guruhchasi qadimiy bijanaklar va ularning tili hamda hozirgi gagauz tili va Bolqondagi bir qancha turkiy urugʻlar (surgʻuch, gajal, qaramanli, qizilbosh va boshqalar) tilini oʻz ichiga oladi; 3) oʻgʻuz-saljuq guruhchasi esa qadimiy saljuq (XI-XIV asrlar), eski usmonli (XIV-XIX-asrlar) va eski ozarbayjon (XIV-XIX asrlar) singari oʻlik tillarni hamda hozirgi ozarbayjon tili va turk tilini, shuningdek, qrim-tatar tilining janubiy lahjasini qamrab oladi. Hozirgi Oʻgʻuz tillari Orol-Kaspiy boʻylaridan Bolqon yarim oroligacha boʻlgan ulkan hududda tarqalgan. Oʻgʻuz tillarining barchasi uchun xos boʻlgan til xususiyatlari, asosan, fonetika sohasida boʻlib, bunga soʻz boshidagi t, k, q undoshlarining jaranglilashuvi (koʻz > gyoz, til > dil, kelmak > galmak), soʻz boshidagi baʼzi undoshlarning tushib qolishi (boʻlmoq > oʻlmak, hoʻkiz > oʻkuz), baʼzi affikslar boshidagi g , gʻ undoshlarining tushib qolishi (kelgan > galan, olgan > alan) va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Oʻgʻuz tillari boshqa guruhdagi turkiy tillardan, mas, qipchoq tillaridan leksika sohasida ham ancha-muncha farqlanadi.Библиографические ссылки
- Beruniy.(1968). Tanlangan asarlar.1-tom.Fan
- Mallaev N.M.(1968). Oʻzbek adabiyoti tarixi.Fan
- Снесарёв Г.П.(1969). Реликты домусульманских верованией и обрядов узбеков Хорезма. Наука
- Tolstov S.P.(2014) Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab. Yangi asr avlodi
- Гундогдиев О.(2001).Огузи, туркмени и Россия. Историчэский очерк.Рух
- Беляева С., Бубенок О, Гундогдиев О., Дрига И., Маврина О. (2018).Огузи на рубежах Южной Руси. Киев
- Дурдиев М.(1991). Туркмени. Харп
- Sharaf al-zaman Tahir al-Marvazi on China, The Turks and India. (1942).Arabic text (circa A.D. 1120) with an English translation and commentary by V. Minorsky. The Royal Asiatic Society
- Sümer, F. (1997). Türk cumhuriyetlerini meydana getiren eller ve Türk destanları. Ders Kitapları Anonim Şirketi
- Şeşen, R.(2001). Islam coğrafyacılarına göre türkler ve türk ülkeleri. Türk Tarih Kurumu Basımevi.Remzi
- Ковалевский А.П.(1956) Книга Ахмеда ибн Фадлан о его путешествии на Волгу в 921-922 гг. Харьков
- Ибн аль-Асир.(2006). Аль-Камиль фи-т-тарих. Полный свод истории / Перевод с арабского языка, примечания и комментарии Булгакова П.Г. Дополнения к переводам, замечаниям и комментариям, введения и индикатору Камолиддина Ш.С.Узбекистан
- Материалы по истории турецких народов Центральной Азии (Извлечения из источников). (2003). Наука
- Nasirillayeva N.(2022).Al-Ma’sudiyning “Muruj az-Zahab” asari.Theoritical Aspects in the formation of pedagogical Science,1 (5).https://econferences.ru/index.php/tafps/article/view/1206
- Ismailov, G. Anthropocentrism In Phraseological Picture Of World (On The Example Of Uzbek, Kazakh And Karakalpak Languages). 中国 湖州 2022 № 4 (13), 137
Скачивания
Данные скачивания пока недоступны.