YUSUF XOS HOJIB ILMIY MEROSINING YOSHLAR TARBIYASIDAGI AHAMIYATI
Аннотация
Ushbu ilmiy maqola XI asrda yashab ijod qilgan buyuk mutafakkir Yusuf Xos Hojib va uning “Qutadg‘u bilig” asarining yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatiga bag‘ishlangan. Maqolada Yusuf Xos Hojibning hayoti, ijodi hamda uning ilmiy-ma’naviy merosi batafsil tahlil qilinadi. “Qutadg‘u bilig” asarining tarbiyaviy g‘oyalari, xususan shaxsiy kamolot, axloqiy barkamollik va ijtimoiy mas’uliyat tamoyillari asosida yoshlarni tarbiyalashdagi roli o‘rganiladi. Maqolada “Qutadg‘u bilig”dagi to‘rt ramziy obraz — Kuntug‘di, Ayto‘ldi, O‘zg‘mish va Odg‘urmish orqali ifodalangan tarbiyaviy konsepsiyalar yoshlarning ma’naviy-axloqiy va intellektual kamolotida qanday ahamiyat kasb etishi tahlil qilinadi. Shuningdek, Yusuf Xos Hojibning ilmiy-ma’naviy merosining zamonaviy yoshlar tarbiyasida, ayniqsa milliy istiqlol, ma’naviy tiklanish va madaniy merosni saqlash jarayonida tutgan o‘rni yoritiladi.Библиографические ссылки
- Muhamedov, A. A. (2023). Yusuf Xos Hojib ilmiy merosining ijtimoiy- falsafiy tahlili. Toshkent: Alfraganus University
- Ismailova, G. (2023). Qutadg‘u bilig: Islom e’tiqodini chuqur tashqirgan asarasi. (Universal xalqaro ilmiy jurnal)
- Xushanov, A. O. (2022). Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarining badiiy mazmuni. (Обшчественне науки в современном мире: теоретические и практические исследования 1(18), 85–89.)
- Utayeva, D. U., & Usarova, L. I. (2024). Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida odob-axloq masalalari. (Modern education and development, 14(5), 113–116)
- Berdaliyeva, S. D. (yil). Yusuf Xos Hojibning axloqiy qarashlarini shakllanishining tarixiy-ijtimoiy omillari. Maktabgacha va maktab ta’limi jurnali
Скачивания
Данные скачивания пока недоступны.