Skip to main navigation menu Skip to main content Skip to site footer

UMUMTURKIY MILLATLAR RIVOG‘IDA O‘G‘UZ LAHJASINING TUTGAN O‘RNI

Affiliation
Alfraganus University image/svg+xml

Abstract

Oʻgʻuz tillari – turkiy tillar oilasining oʻgʻuz guruhiga mansub bir qancha oʻlik hamda hozirgi isteʼmolda boʻlgan jonli tillar. Umuman, Oʻgʻuz tillari 3 ta alohida guruhchalarga boʻlinadi: 1) oʻgʻuz-turkman guruhchasiga X-XI asrlarda mavjud boʻlgan oʻlik oʻgʻuz tili hamda hozirgi turkman tili va truxmen tili (Stavropol turkmanlarining tili) kiradi; 2) oʻgʻuz-bulgʻor guruhchasi qadimiy bijanaklar va ularning tili hamda hozirgi gagauz tili va Bolqondagi bir qancha turkiy urugʻlar (surgʻuch, gajal, qaramanli, qizilbosh va boshqalar) tilini oʻz ichiga oladi; 3) oʻgʻuz-saljuq guruhchasi esa qadimiy saljuq (XI-XIV asrlar), eski usmonli (XIV-XIX-asrlar) va eski ozarbayjon (XIV-XIX asrlar) singari oʻlik tillarni hamda hozirgi ozarbayjon tili va turk tilini, shuningdek, qrim-tatar tilining janubiy lahjasini qamrab oladi. Hozirgi Oʻgʻuz tillari Orol-Kaspiy boʻylaridan Bolqon yarim oroligacha boʻlgan ulkan hududda tarqalgan. Oʻgʻuz tillarining barchasi uchun xos boʻlgan til xususiyatlari, asosan, fonetika sohasida boʻlib, bunga soʻz boshidagi t, k, q undoshlarining jaranglilashuvi (koʻz > gyoz, til > dil, kelmak > galmak), soʻz boshidagi baʼzi undoshlarning tushib qolishi (boʻlmoq > oʻlmak, hoʻkiz > oʻkuz), baʼzi affikslar boshidagi g , gʻ undoshlarining tushib qolishi (kelgan > galan, olgan > alan) va boshqalarni koʻrsatish mumkin. Oʻgʻuz tillari boshqa guruhdagi turkiy tillardan, mas, qipchoq tillaridan leksika sohasida ham ancha-muncha farqlanadi.

References

  1. Beruniy.(1968). Tanlangan asarlar.1-tom.Fan
  2. Mallaev N.M.(1968). Oʻzbek adabiyoti tarixi.Fan
  3. Снесарёв Г.П.(1969). Реликты домусульманских верованией и обрядов узбеков Хорезма. Наука
  4. Tolstov S.P.(2014) Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab. Yangi asr avlodi
  5. Гундогдиев О.(2001).Огузи, туркмени и Россия. Историчэский очерк.Рух
  6. Беляева С., Бубенок О, Гундогдиев О., Дрига И., Маврина О. (2018).Огузи на рубежах Южной Руси. Киев
  7. Дурдиев М.(1991). Туркмени. Харп
  8. Sharaf al-zaman Tahir al-Marvazi on China, The Turks and India. (1942).Arabic text (circa A.D. 1120) with an English translation and commentary by V. Minorsky. The Royal Asiatic Society
  9. Sümer, F. (1997). Türk cumhuriyetlerini meydana getiren eller ve Türk destanları. Ders Kitapları Anonim Şirketi
  10. Şeşen, R.(2001). Islam coğrafyacılarına göre türkler ve türk ülkeleri. Türk Tarih Kurumu Basımevi.Remzi
  11. Ковалевский А.П.(1956) Книга Ахмеда ибн Фадлан о его путешествии на Волгу в 921-922 гг. Харьков
  12. Ибн аль-Асир.(2006). Аль-Камиль фи-т-тарих. Полный свод истории / Перевод с арабского языка, примечания и комментарии Булгакова П.Г. Дополнения к переводам, замечаниям и комментариям, введения и индикатору Камолиддина Ш.С.Узбекистан
  13. Материалы по истории турецких народов Центральной Азии (Извлечения из источников). (2003). Наука
  14. Nasirillayeva N.(2022).Al-Ma’sudiyning “Muruj az-Zahab” asari.Theoritical Aspects in the formation of pedagogical Science,1 (5).https://econferences.ru/index.php/tafps/article/view/1206
  15. Ismailov, G. Anthropocentrism In Phraseological Picture Of World (On The Example Of Uzbek, Kazakh And Karakalpak Languages). 中国 湖州 2022 № 4 (13), 137

Downloads

Download data is not yet available.