Skip to main navigation menu Skip to main content Skip to site footer

ZAMONAVIY O‘ZBEK NASRIDA INSON RUHIYATI VA

Affiliation
Alfraganus University image/svg+xml

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek nasrining yetakchi namunalari hisoblangan Luqmon Bo‘rixonning “Jaziramadagi odamla”r, Ulug‘bek Hamdamning “Ota”, Iqbol Mirzoning “Bonu” hamda Abdulqayum Yo‘ldoshevning “Puankare” asarlarida inson ruhiyati, individual ong va shaxs erkinligi masalalarining badiiy talqini tadqiq etiladi. Tadqiqotda psixologizm poetikasi, antropotsentrik yondashuv hamda narratologik metodlardan foydalanildi. Asarlarda jamiyat va shaxs munosabatlari, ruhiy konflikt, ichki monolog, ramziy tafakkur hamda zamonaviy inson konsepsiyasining badiiy ifodalanish xususiyatlari qiyosiy tahlil qilindi. Tadqiqot natijalari zamonaviy o‘zbek nasri tashqi voqelik tasviridan insonning ichki dunyosini badiiy tadqiq etishga yo‘nalganligini ko‘rsatadi. Shuningdek, maqolada mazkur asarlar misolida zamonaviy nasrda psixologizm poetikasining yangi bosqichga ko‘tarilgani ilmiy jihatdan asoslanadi.

References

  1. Karimov, N. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. – Toshkent: O‘qituvchi, 1999
  2. Qo‘chqorov, R. Badiiy ijod va mahorat. – Toshkent: Akademnashr, 2015
  3. Hamdam, U. Yangi o‘zbek adabiyoti. – Toshkent: Akademnashr, 2012
  4. Yo‘ldoshev, Q. Badiiy tahlil asoslari. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2016
  5. Solijonov, Y. Hozirgi adabiy jarayon. – Toshkent: Tafakkur, 2018
  6. Bo‘rixon, L. Jaziramadagi odamlar. – Toshkent: Sharq, 2019
  7. Hamdam, U. Ota. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2020
  8. Mirzo, I. Bonu. – Toshkent: Yangi asr avlodi, 2022
  9. Yo‘ldoshev, A. Puankare. – Toshkent: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot, 2023
  10. Rasulov, A. Badiiylik – bezavol yangilik. – Toshkent: Sharq, 2007
  11. Xalliyev, A. Hozirgi o‘zbek nasri poetikasi. – Toshkent: Akademnashr, 2021
  12. Turdiyeva, Y. The Phenomenon OF Artistic Style in Uzbek Literature. European Journal of Humanities and Educational Advancements, 6(12), 22-23. ISSN: 2660-5589. 2025 йил. 21 октябр No.12 https://www.scholarzest.com
  13. IBRAGIMOVA, D. (2024). JAHON ADABIYOTIDA TARIXIY NASR JANRINING PAYDO BO ‘LISHI VA TAKOMILI. «ACTA NUUz», 1(1.5. 2), 277- 279
  14. Cho‘yanovna, J. S. (2025, October). “YАRADOR UMID OTLARI” DOSTONIDA IJTIMOIY MOTIVLAR TALQINI. In Conferences (Vol. 1, No. 2, pp. 286-290)

Downloads

Download data is not yet available.